Dovonda “ISUZU” yuk avtomobili ag‘darilib ketdi
IIV YHXBB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 2019 yil 28 dekabr kuni, Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lida 1994 yilda tug‘ilgan D.O. “ISUZU” rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib ag‘darilgan.
Shundan so‘ng avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, 1993 yilda tug‘ilgan V.M. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada “ISUZU” rusumli avtomobil haydovchisi D.O. voqea joyida halok bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa “ISUZU” rusumli avtomobili haydovchisining xavfli burilishda harakat xavfsizligini ta’minlay olmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan.
YHXBB haydovchilardan tog‘li dovon yo‘lida harakatlanayotganda o‘ta hushyor va “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iyan amal qilishni so‘ramoqda.