Dunyo bo‘ylab o‘tkazib kelinadigan eng noodatiy festivallar
Dunyoda shunday noodatiy festivallar borki, ular haqida eshitib, ko‘rib, lol qolasiz. Quyida ana shunday festivallarning ayrimlari haqida hikoya qilamiz.
La Tomatina, Ispaniya
Bunol shahrida keng ko‘lamli pomidor janglari bo‘lib o‘tadi. Afsonalarga ko‘ra, bir vaqtlar ko‘chadagi bezorilar bozorda bir-biriga pomidor uloqtirishganidan gapiradi. Bu tartibbuzarlarga shu qadar yoqib tushdiki, ular har yili shunday jang o‘tkazishga qaror qilishdi. O‘shandan beri har yili avgust oyining oxirgi chorshanbasida keng ko‘lamli pomidor jangi o‘tkaziladi. Tadbir roppa-rosa bir soat davom etadi.
Washboard Music Festival. Kir yuvish taxtachalari musiqali festivali, AQSh
Ogayo shtatining Logan shahridagi festivalida musiqachilar kir yuvish taxtachalarida... musiqa chalishadi. Festivalda baraban yoki gitara chalish mumkin, lekin agar siz chiqish qilishga qaror qilsangiz, guruhingizda albatta yuvish taxtasi kabi boshqa uy buyumlarida o‘ynaydigan odam bo‘lishi kerak. Bunday noodatiy musiqa asbobini tanlash Logandan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda Qo‘shma Shtatlardagi so‘nggi yuvish taxtachalari zavodi borligi bilan izohlanadi.
Pishloq poygasi, Buyuk Britaniya
Ikki asr davomida, may oyining oxirgi dushanbasida, Gloster yaqinidagi Kuper tepaligida har yili afsonaviy voqea sodir bo‘ladi. Bir guruh odamlar tepalikdan dumalab tushayotgan bir bosh Gloster pishlog‘ining orqasidan quvishadi. Ishtirokchining vazifasi - marra chizig‘ini kesib o‘tguncha pishloqni tutib olishdan iborat. Bu juda xatarli mashg‘ulot, shuning uchun har ehtimolga qarshi tepalikda shifokorlar navbatchilik qilishadi.
Zombilar festivali, Avstraliya
Kunlarning birida zombi muxlislari birlashib, Avstraliyada festival o‘tkazishga qaror qilishdi. Miya yeyuvchi mavjudotlardek kiyingan kishilarning xayriya maqsadlarda sarflanadigan yillik yurishi juda katta miqdorda pul yig‘adi.
El Colacho. Bolalar ustidan sakrash festivali, Italiya
Bu zamonaviylashgan butparast bayramdir. Italiyaning Kastilya de Mursiya shahrida, agar siz bolaning ustidan sakrab o‘tsangiz, chaqaloq yomon ko‘zdan va barcha yomonliklardan himoyalanadi, deb ishoniladi. Ushbu himoya faqat bir yil davomida amal qiladi, shuning uchun bola katta bo‘lgunga qadar bu marosim “El Colacho” festivalida takrorlanishi kerak.
Suv pistoletlari festivali, Janubiy Koreya
Issiqlik bilan kurashish maqsadida maxsus yaratilgan festival iyul oyida Seulning Sinchon hududida bo‘lib o‘tadi. Asosiy shart - yomg‘ir plashini kiyib olib, suv to‘pponchasi bilan qurollanish va uyga butunlay ho‘l qaytishdir.
Sochlarni muzlatib qo‘yish xalqaro musobaqasi, Kanada
Amerikaliklar Kanadani aqldan ozgan davlat deb o‘ylashadi. Biroq, kanadaliklar xafa bo‘lishmaydi va o‘zlarining g‘alati festivallari va tanlovlarini o‘tkazib kelishadi. Ishtirokchining vazifasi boshini muzli suvga tushirishgina xolos, qolganini esa yovvoyi sovuq bajaradi. Ishtirokchi boshidagi sochlar ushbu g‘ayrioddiy tanlovda g‘alaba qozonish uchun tabiatning barcha imkoniyatlardan foydalanib g‘alati shaklda muzlab qoladi.
Maymunlar bazmi, Tailand
Har yilning noyabr oyida Tailand aholisi juda ko‘p sonli maymunlar uchun haqiqiy ziyofat uyushtirishadi. Maymunlar esa sayyohlarni ko‘zini quvontirib tonnalab mevalarni yutib yuborishadi. Bu bayram aslida, 1989 yilda sayyohlarni jalb qilish uchun o‘ylab topilgan edi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.