Dunyo qaysi internet platformalaridan ko‘p foydalanadi?
Milliardlab fuqarolarning qo‘lida ma’lumot izlash, video tomosha qilish, muloqot qilish va onlayn xarid qilish imkonini beradigan, nisbatan kichik bo‘lgan global veb-trafik platformalar guruhi jamlangan.
“Google” va “YouTube” barcha raqobatchilarni sezilarli darajada ortda qoldirib, internet - e’tiborning nomutanosib ulushini saqlab qolishda davom etmoqda.
Biroq peshqadamlik asta-sekinlik bilan o‘zgarib borayapti. Endilikda “ChatGPT” dunyodagi eng ko‘p foydalaniladigan veb-saytlardan biriga aylanmoqda. Bu sun’iy intellekt (SI) vositalarining qanchalik tez texnologik yangilikdan kundalik vositaga aylanib borayotganini yaqqol namoyish etadi.
Qidiruv mexanizmlari va video platformalar internet faoliyatining asosi bo‘lib, birgina Googlening o‘zi boshqa yana beshta yirik saytlarni jamlab hisoblagandan ko‘ra ko‘proq trafikni jalb qiladi. YouTube esa o‘zining dunyodagi yetakchi video markaz maqomida barqaror turibdi.
Birinchi yigirmatalikda Bing (1,9 milliard kiruvchi) va DuckDuckGo (1,8 milliard) kabi boshqa qidiruv platformalari ham mavjud. Hatto Yahoo o‘z mavqeini ikkita - yahoo.com (2,3 milliard) va yahoo.co.jp (1,8 milliard) domeni orqali saqlab kelyapti. Bu esa qidiruv va portal xizmatlarining doimiy qiymatini ta’kidlaydi.
Muhim o‘zgarishlardan biri ChatGPTning paydo bo‘lishidir. Ushbu platforma 2026 yil yanvar oyida 5,5 milliard kiruvchisi bilan global miqyosdagi Reddit (5,1 milliard), Vikipediya (4,3 milliard) va X (3,8 milliard) kabi tizimlarni ortda qoldirib, beshinchi o‘rinni egalladi.
Dastlab, 2024 yilning boshida ishga tushirilganidan bir yil o‘tgach, ChatGPT eng yaxshi 15 talikka kirgandi. Uning tez o‘sishi sun’iy intellekt vositalarining yozma ish va tadqiqotlardan tortib, dasturlash va g‘oyalar yaratishgacha bo‘lgan kundalik ish jarayonlariga qanchalik chuqur integratsiyalashganligidan dalolat beradi.
Ijtimoiy platformalar ham asosiy rol o‘ynashda davom etmoqda. Facebook (9,5 milliard tashrif buyuruvchi) va Instagram (6,1 milliard) yetakchi beshlikka kiradi, X (3,8 milliard) va TikTok (2,2 milliard) esa keng qamrovli auditoriyani saqlab qolishda davom etmoqda.
Eng ko‘p obunachisi bor saytlar orasida onlayn chakana savdo ko‘lamini aks ettirib kelayotgan Amazon (2,5 milliard) va Temu (1,6 milliard) yirik elektron tijorat platformalari yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Netflix (1,5 milliard) va Weather (1,6 milliard) doimiy ravishda ko‘ngilochar va joriy ma’lumotlar uzluksiz takroriy trafik hosil qila olishini ko‘rsatdi.
Umuman olganda, ro‘yxatning aksariyat qismini Amerika kompaniyalari tashkil qiladi. Biroq reytingda Xitoy, Kanada va Fransiya platformalari ham taqdim etilgan. Bu esa zamonaviy raqamli ekotizimining global xususiyatini ta’kidlaydi.