Dunyo voqealari haqida qisqa satrlarda: Trampga prezidentlik poygasida qatnashishga ruxsat berildi, Rossiyada dollar keskin tushib ketdi
🔻 AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2021 yilda Kapitoliyga hujum uyushtirishdagi roliga qaramay, prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkin. Bunday qaror Michigan shtati sudi tomonidan qabul qilingan. Minnesota shtatidagi sud ham xuddi shunday qaror qabul qilgan.
🔻 Rossiyada dollar keskin tushdi va tushishda davom etmoqda. Moskva birjasida dollar kursi 2023 yil 28 iyuldan beri birinchi marta 91 rubldan pastga tushdi. Bugun kunning ikkinchi yarmida esa 90 rubl qayd etildi.
🔻 AQShda yuk mashinasi va maktab avtobusi to‘qnashib ketishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan. Yuk mashinasi oldinda ketayotgan maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobusga borib urilgan.
🔻 Isroil armiyasi G‘azodagi Al-Shifa kasalxonasiga hujum qildi. HAMAS ushbu hujum uchun Baydenni javobgar deb biladi. “Ishg‘olchilar (Isroil), Prezident Bayden va uning ma’muriyatini “Al-Shifa” tibbiyot majmuasiga qilingan hujum uchun to‘liq javobgar deb, Jeneva konvensiyasi himoyasidagi tibbiy muassasaga qarshi shafqatsiz jinoyat” deb hisoblaymiz", deyiladi HAMAS bayonotida.
🔻 Zelenskiyning idorasi 2024 yilni Rossiya bilan urushda hal qiluvchi yil deb atadi: Kelgusi yil Rossiyaga qarshi urushda "hal qiluvchi" bo‘ladi. Burilish nuqtasi yaqinlashmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi va AQSh va Yevropani sanksiyalarni kuchaytirish va Ukrainani Rossiyaning mamlakat energetika tizimiga kutilayotgan hujumi oldidan qo‘shimcha qurol tizimlari, xususan, havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashga chaqirdi.
🔻 Nyu-York meri yo‘lovchilarni aeroportlarga yetkazish, sayohat vaqtini qisqartirish va yoqilg‘i sarfini kamaytirish uchun elektrolyotdan foydalanish rejalarini e’lon qildi. 2025 yilda amalga oshiriladigan tashabbus transport tirbandligini kamaytirish va barqaror shahar havo harakatini rivojlantirishga qaratilgan.
🔻 Putinning 2024 yilgi saylovlar uchun shtab-kvartirasi tayyor: Kreml Putinning prezidentlik poygasida ishtirok etish shayligiga ishora qilgan holda saylovoldi shtab-kvartirasi jamoasi tarkibini amalda belgilab oldi. Shuningdek, Putin Rossiya Federatsiyasida prezidentlik saylovlari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritdi. Ular harbiy qismlardagi saylov uchastkalarida foto va video tasvirga olish va saylov komissiyalari yig‘ilishlariga kiritishni cheklashni nazarda tutadi – faqat mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlaydigan OAV xodimlarini kiritish taklif etiladi.