Xorij voqealari qisqa xabarlarda: 34 davlat BRIKSga qo‘shilmoqchi. AQSh Misrga, Janubiy Koreya esa Iroqqa qurol yetkazishi kutilmoqda
🔹 Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga Rossiya hududidagi nishonlarga "Storm Shadow" raketa hujumlarini amalga oshirishga ruxsat beruvchi rezolyusiyani qabul qildi.
🔹 Dushanbeda markaziy masjid yaqinida Tojikiston bosh muftiysi Saidmukarram Abdulqodirzoda pichoq bilan jarohatlangan. Jinoyatchi qo‘lga olindi, deb xabar berdi mamlakat IIV. Muftiy yengil jarohat olgan.
🔹 Isroil HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarni topib, javobgarlikka tortmoqchi. "Yahyo Sinvar - bu G‘azodan kelgan yangi Usama bin Laden, biz uni topamiz, u bilan jang qilamiz va tirik yoki o‘ligi ustidan adolat o‘rnatamiz", dedi Isroil Mudofaa vazirligi rahbari.
🔹 Amerika ma’muriyati Misrga 1,3 milliard dollar harbiy yordam bermoqchi. Ushbu qaror mintaqada tinchlikni mustahkamlash va Misrning AQSh milliy xavfsizligi ustuvor yo‘nalishlariga, xususan, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga, garovga olinganlarni uylariga qaytarishda muhim, deyiladi xabarda.
🔹 Ukraina Arktika doirasidagi strategik bombardimonchi samolyotlar aerodromiga ketma-ket ikkinchi kun zarba bermoqda.
🔹 Korrupsiya va inson huquqlarini buzishda ayblanib, 16 yil qamoqda o‘tirgan Peruning sobiq prezidenti Alberto Fuximori 86 yoshida vafot etdi.
🔹 Trampning ittifoqchilari uning Kamala Xarris bilan televideniyedagi o‘zaro qarama-qarshiligidagi betayin chiqishidan hafsalasi pir ekanligi aytilmoqda.
🔹 Usama bin Ladenni yo‘q qilishdagi ishtiroki bilan tanilgan AQSh maxsus kuchlari Xitoyning Tayvanga ehtimoliy bosqiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda deydi Financial Times. 2011 yilda “Al-Qoida” terrorchilik guruhi yetakchisiga qarshi operatsiya o‘tkazgan AQSh harbiy-dengiz kuchlari bo‘linmasi ayni damda Xitoy bilan qurolli mojaro yuzaga kelgan taqdirda Tayvanni qo‘llab-quvvatlashga tayyorlanmoqda.
🔹 34 davlat BRIKSga kirish istagini bildirgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot a’zolari ko‘plab davlatlar tomonidan BRIKSga qiziqish ortib borayotganini e’tiborsiz qoldira olmaydi.
🔹 AQSh davlat kotibi Blinken Ukrainaning NATOga kirishi muqarrarligini ma’lum qildi.
🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mo‘g‘ulistonning Vladimir Putinning mamlakatga tashrifi chog‘ida Xalqaro jinoiy sud hibsga olish orderini bajarishdan bosh tortgani uchun javobgarlik butun dunyo zimmasida ekanini aytdi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Tixi esa Mo‘g‘ulistonning Putinni hibsga olishdan bosh tortganini “adolatga zarba” deb atadi.
🔹Durov fransuz hukumati bilan hamkorlik qilmoqda — Liberation.
🔹Janubiy Koreya kelasi haftada Iroq bilan raketaga qarshi mudofaa tizimlari uchun yirik eksport buyurtmasini imzolashi mumkin.