Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Isroil harbiylari G‘azodagi BMTning qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligiga tegishli maktabiga zarba berdi
🔹 Yevrokomissiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni iyun oxirigacha boshlashni tavsiya qilmoqda. Aytilishicha, bugun, 7 iyun kuni Yevrokomissiya Ukraina YeIga a’zo bo‘lish uchun zarur bo‘lgan barcha mezonlarga, jumladan, korrupsiyaga qarshi islohotlar, siyosiy lobbichilikka cheklovlar, mansabdor shaxslarning mol-mulkini deklaratsiyalash qoidalari va milliy ozchilik tillarini himoya qilishga javob berish-bermasligini e’lon qiladi.
🔹 O‘tgan bir kechada ayrim davlatlar o‘z delegatlarini Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Shveysariyaga tinchlik konferensiyasiga yuborishdan bosh tortishdi. Bular Nikaragua, Meksika, Argentina. Biri sammitni siyosiy fars desa, boshqasi Rossiya ishtirok emasligini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Bugun Qirg‘iziston ham Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasida ishtirok etmasligini e’lon qildi. Tinchlik anjumani 15-16 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
🔹 Yerevan-Sevan trassasidagi gaz quyish shoxobchasida yuz bergan portlash natijasida yetti kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ikki jabrlanuvchi reanimatsiyada. Shifokorlar ularning ahvolini o‘ta og‘ir deb baholamoqda.
🔹 Qozog‘istonda suv toshqinidan zarar ko‘rganlarga respublika shimolida uylar qurildi. Petropavlovskda butun bir mikrorayon qurilgan. Yangi uy kalitlari o‘z egalariga topshirila boshlandi.
🔹 "Kiyevga Rossiya hududiga zarba berish uchun Amerika qurollaridan foydalanishga ruxsat berish “juda foydali” bo‘lardi". Bunday fikrni CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bildirdi. "Biz Putinda Ukrainani oyoq osti qilish imkoniyati yo‘qligiga ishonch hosil qilishimiz kerak", dedi Pentagon rahbari Jo Baydenning "Putin to‘xtamaydi" degan so‘zlarini eslab.
🔹 Germaniya islomiy va siyosiy maqsadlardagi hujumlar uchun jazoni kuchaytiradi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Bundestagda ma’lum qildi. Rasmiylar 31 may kuni Mannxaymda nemis konservativ siyosatchisi va Islom tanqidchisi Maykl Shturzenbergerga pichoq bilan qilingan hujumga shunday javob berdi.
🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlaridan harbiy xizmatchilarning Ukrainaga “tushirilishi”ga umid qilmoqda.
🔹 Payshanba kuni Isroil harbiylari G‘azodagi BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligiga tegishli maktabga zarba berdi. Saxalga ko‘ra, u yerda HAMAS qo‘mondonlik punkti bo‘lgan va zarbada 7-oktyabrdagi hujumga aloqador jangarilar yo‘q qilingan. Biroq, Falastin matbuotiga ko‘ra, maktabdan boshpana topgan kamida 27 kishi halok bo‘lgan. HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya agressiyani to‘liq to‘xtatish, qo‘shinlarni olib chiqish va asirlarni almashishga asoslangan har qanday kelishuvni olqishlashini ma’lum qilgan.
🔹 AQSh Ukrainaga mudofaani qo‘llab-quvvatlash doirasida 225 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi.