Xorij voqealari qisqa xabarlarda: AQSh Isroilga yirik bombalar yetkazib berishni qayta tikladi
🔹 Vashington ma’muriyati tez orada Isroilga AQSh hukumati tomonidan yetkazib berilishi to‘xtatilgan og‘irligi taxminan 227 kilogramli bombalar partiyasini yuboradi. Ularni yetkazib berish may oyida to‘xtatilgan edi. O‘shanda Jo Bayden Rafahda yirik harbiy operatsiya o‘tkazsa, AQSh Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishini aytgan edi.
🔹 Shimoliy Atlantika alyansi hamon Rossiyani NATO davlatlari uchun asosiy tahdid deb biladi. Bu haqda tashkilotning Vashingtondagi sammitida qabul qilingan yakuniy deklaratsiyada aytilgan. Hujjatda ta’kidlanishicha, Rossiya ittifoqchilar xavfsizligiga eng muhim va bevosita tahdid bo‘lib qolmoqda.
🔹 Moskva Eronni Ukraina bilan tinchlik muzokaralarida vositachi sifatida ko‘rishga tayyor. Agar shunday taklif tushsa, Eron Ukraina bilan tinchlik muzokaralarida vositachi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.
🔹 NATOga a’zo davlatlarning 9 iyul kuni Vashingtonda boshlangan sammiti bugun yakunlanadi. Alyansni 75 yilligiga bag‘ishlangan sammitda ittifoqqa a’zo 32 davlat rahbarlari ishtirok etdi. Bu Shvetsiya uchun birinchi, Finlyandiya uchun ikkinchi sammitdir.
🔹 Ukraina noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan Rossiya ishtirokida mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun ikkinchi yig‘ilish o‘tkazmoqchi. Rossiya TIV allaqachon Rossiya unda ishtirok etmasligini bildirgan.
🔹 NATO deklaratsiyasida qayd etilishicha, Xitoy Yevro-Atlantika xavfsizligiga muammo tug‘diradi. Alyans Bosh kotibi Pekinga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘ini "eng jiddiy xabar" ekanligini alohida ta’kidladi.
🔹 NATO Ukrainaga alyansga qo‘shilish uchun "qaytmas yo‘l" va’da qildi. AQShdagi NATO sammiti ishtirokchilarining qo‘shma deklaratsiyasida Ukrainaning alyansdagi kelajagi haqidagi band bor.
🔹 Apple kompaniyasi 98 mamlakatdagi iPhone foydalanuvchilariga josuslik dasturlari hujumi qurboni bo‘lishlari mumkinligi haqida ogohlantirishlar yubordi.
🔹 Qozog‘istonning Atirau viloyatida qorakurtlar – zaharli o‘rgimchaklarning xavfi oshib ketdi. Ayniqsa, cho‘l hududlari - Inderskiy, Isatayskiy va Kurmangazinskiyda vaziyat qiyin. U yerda ikki yuzga yaqin tuyani qorakurtlar chaqib o‘ldirgan. Uch nafar bola kasalxonada, ikkitasining ahvoli og‘ir.