Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Venesuelada ommaviy tartibsizliklar. Telegram asoschisi Durov 100 dan ortiq biologik bolaning otasi ekani aytildi
🔹 Venesuelada prezidentlik saylovlaridan keyin ommaviy tartibsizliklar davom etmoqda. Karakasning markaziy hududlarida yuzlab tayoq, yonuvchan shishalar bilan qurollangan odamlar qolmoqda, 20 dan ortiq harbiy yaralangan.
Prezidentlik saylovlaridan keyingi tartibsizliklar nafaqat Venesuela poytaxti - Karakasni, balki La Guayra shtatini ham qamrab oldi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro uchinchi muddatga qayta saylandi. Venesuela Maduroning qayta saylanganini tan olmagan yettita Lotin Amerikasi davlatidan diplomatlarini chaqirib olgan va ularning ayrimlari bilan parvozlarni to‘xtatgan.
🔹 Shimoliy Koreya AQSh prezidentlik saylovlaridan oldin yoki keyin yadroviy sinov o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya allaqachon bunday sinovga tayyorgarlikni yakunlagan va AQSh hamda uning Osiyodagi ittifoqchilariga yetib borishga qodir yangi jangovar kallaklarni joylashtirmoqda.
🔹 Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yaqinda Eronning yangi prezidenti Masud Pezeshkian bilan telefon orqali muloqot qilib, uni Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi.
🔹 AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Parijdagi Olimpiadaning ochilish marosimini sharmandalik deb atadi. “Men juda keng fikrli odamman. Ammo ularning qilgan ishi sharmandalik”, — dedi Tramp "Fox News"ga bergan intervyusida. Tadbir davomida taqdim etilgan Leonardo da Vinchining “Maxfiy kechki ovqat” asari parodiyasiga salbiy munosabat bildirilgan.
🔹 Marokash qiroli Muhammad VI "Taxt kuni" (davlat bayrami) munosabati bilan 2476 kishini, jumladan, turli jinoyatlar uchun qamoq jazosiga hukm qilingan bir qancha taniqli jurnalistlar, blogerlar va ijtimoiy faollarni afv etdi.
🔹 Tojikiston prezidenti Masud Pezeshkyanni prezidentlikka saylangani bilan tabriklash va muvaffaqiyatlar tilash uchun Eronga xizmat safari bilan borgan.
🔹 AQSh davlat qarzi tarixda birinchi marta rekord daraja – 35 trillion dollardan oshdi. AQSh Kongressi Byudjet byurosining prognozlariga ko‘ra, 2034 yilda mamlakatning davlat qarzi 50 trillion dollardan oshadi, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 122 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.
🔹 Telegram messenjeri asoschisi, 15,5 milliard dollarga ega Pavel Durov 12 mamlakatda yashovchi 100 dan ortiq bolaning biologik otasi ekanligini ma’lum qildi. O‘zi turmush qurmagan, yolg‘iz yashashni ma’qul ko‘ruvchi milliarderning ko‘p bolaligining sababi, u 15 yildan buyon donorlik qiladi.
🔹 Hindistondagi ko‘chki oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Kerala shtatida yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Tabiiy ofatga kuchli yog‘ingarchilik keltirgan daryolar toshqini sabab bo‘lgan. Ayniqsa ko‘priklarni ko‘chki olib ketgan Mandakkay shahrida vaziyat qiyin. Hozir u yerga borishning iloji yo‘q. Yuzlab aholi loy va tosh uyumida qopqonda qolgan.