Xorij voqealari qisqa xabarlarda: AQSh rasmiylari Yaqin Sharqdagi hujumlar to‘xtatilmasligini bildirdi
🔹 Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi zarbalarini hozircha to‘xtatish niyatida emas. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Dohada (Qatar) o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
🔹 Isroillik shifokorlar HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning singlisi hayotini saqlab qolishdi. G‘arbiy Sohildan janubda Isroil hududidagi Tel Shevada yashovchi ayol shu shahardagi shifoxonada og‘ir holatdan chiqarib olingan.
🔹 Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga mamlakatda ishonch darajasi keskin kamaydi. Gallup xalqaro assotsiatsiyasining Armanistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda. Tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning atigi 15,1 foizi unga to‘liq ishonadi.
🔹 Eronda bir hafta ichida o‘zining birinchi yadro qurolini yaratish uchun yetarli darajada qurol darajasidagi uran bor. Xalqaro xavfsizlik instituti ma’lum qilishicha, Eron bir oy ichida oltita, olti oy ichida yana 12 ta bomba ishlab chiqarishi mumkin.
🔹 Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak TalkTV telekanaliga Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi jang qilishga tayyormi yoki yo‘qligini so‘rashganda, “Ha. Biz mudofaa xarajatlari bo‘yicha NATOda ikkinchi o‘rindamiz. Dunyodagi vaziyat notinch. London mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirgan", dedi.
🔹 Belarus Prezident Aleksandr Lukashenko mamlakat qurolli kuchlari ichki xizmati nizomiga tegishli o‘zgartirishlar kiritgach, Belarus harbiylari fuqarolarga qarshi qurol ishlatish huquqiga ega bo‘lishdi.
🔹 Turkiyaning dronlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Bayrak bir yil ichida Kiyev yaqinida dronlar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini yakunlashi kutilmoqda. Zavodda yiliga 120 ta dron tayyorlanishi aytilmoqda.
🔹 7 fevral tongida Rossiya qo‘shini Ukraina shaharlari bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi.
🔹 AQSh Kongressining Vakillar palatasi Isroilga 17,6 mlrd dollarlik yordam paketi to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad qildi — Business Insider.