Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Ijtimoiy tarmoqlardagi uzilishlardan so‘ng "Meta"ning aksiyalari narxi tushib ketdi. Eronda AQSh dollari kursi rekord darajada
🔹 Isroil hukumati va HAMAS sulh va garovga olish bo‘yicha kelishib oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar 40 kunlik sulh joriy etishga kelishgan. Bu davrda Isroil qamoqxonalaridagi 404 nafar falastinlik mahbusning ozod etilishi evaziga 40 nafar garovga olingan isroillik, jumladan ayollar, bolalar va 60 yoshdan oshgan erkaklar ozod qilinishi kerak.
🔹 "Superseshanba": Bayden va Tramp revanshga yaqinroq. Demokratlar va Respublikachilar partiyasidan nomzodlar uchun kurashda hammasi hal bo‘lgandek: Donald Tramp Vermontdan tashqari barcha shtatlarda yetakchilik qilmoqda. Biroq 12 mart kuni bir qancha shtatlarda praymerizning yana bir bosqichi bo‘lib o‘tadi.
🔹 Eronda AQSh dollari rekord darajaga ko‘tarildi. “Qora bozor”da 1 AQSh dollari sotuvi 61 ming tuman (620 ming rial)ga yetdi. Bu so‘nggi sutkada narxning 3000 tumanga oshganini bildiradi.
🔹 "Meta"ning mega-to‘xtashi: kompaniyaning Facebook, Instagram, Threads va Messenger platformalari keng tarqalgan uzilish tufayli bir yarim soat davomida ishlamay qolgan. Uzilishlar kompaniya aksiyalari 1,5 foizga arzonlashgan. Uch yil muqaddam shu kabi muammolar natijasida Meta tomonidan ko‘rilgan zarar 100 million dollarga baholangan edi. O‘shanda xizmatning uzilishi yetti soat davom etgan.
🔹 O‘tgan yili Rossiya fuqaroligidan voz kechgan milliarder Igor Makarov Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatidan o‘chirildi. Sanksiyalar ro‘yxatidagi eslatmada Makarovga endi aktivlarni musodara qilish va ishonchli xizmatlar ko‘rsatishni taqiqlash bilan bog‘liq sanksiyalar qo‘llanilmasligi aytiladi.
🔹 Keniya poytaxti yaqinida joylashgan Nayrobi milliy bog‘i osmonida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi. Samolyot Vilson aeroportidan havoga ko‘tarilib, qirg‘oq tomon yo‘l olgan. Biroq yo‘lda o‘quv samolyoti bilan to‘qnashib ketgan. Ekipaj samolyotni Uilson aeroportiga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan. Bortda jami 39 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. O‘quv samolyoti esa qulab tushgan va ikki uchuvchi halok bo‘lgan.
🔹 Turkiya endi Rossiyadan yuklarni qabul qilmaydi. 2023 yilda Rossiyadan rekord miqdorda neft olgan Turkiya terminali AQShning sanksiya bosimi ortishi sababli Rossiyadan yuklarni qabul qilmaydi.
🔹 Eron matbuoti: Raisi prezidentligi davrida qatl etilganlar soni ortdi. 2023 yilda Eronda 834 kishi qatl etilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga ko‘pdir, deyiladi xabarda. Qatllar sonining ortishi Mahsa Aminining norozilik namoyishlari ortidan qo‘lga olinganlar bilan bog‘liq deb hisoblanadi.
🔹 Yevropa Komissiyasi qit’aning qurol-yarog‘ sektorini rivojlantirishga qaratilgan yangi mudofaa strategiyasini e’lon qildi. Reja milliy hukumatlardan mudofaa byudjetlarining yarmini blok ichidagi xaridlarga sarflashni talab qiladi, shuningdek, 2030 yilga borib, harbiy texnikaning 40 foizini “birgalikda sa’y-harakatlar” orqali sotib olish ham belgilab qo‘yilgan.
🔹 Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parij Praganing Ukraina Qurolli kuchlari uchun uchinchi davlatlarda o‘q-dorilar xarid qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Makron Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida Fransiya hukumati mamlakat aynan qanday qilib ushbu dasturda ishtirok etishi bo‘yicha aniq takliflar kiritgan.
🔹 Polsha-Ukraina chegarasida 2500 ga yaqin yuk mashinasi to‘planib qolgan. Polsha fermerlari norozilik namoyishlarini to‘xtatmayapti. Ular Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini to‘smoqda. Navbatda yuzlab yuk mashinalari turibdi.
🔹 Ukraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya 7 mart kuni Oq uyda AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zining “Ittifoq holati” bo‘yicha yillik nutqi bilan chiqadigan kongressda ishtirok etish taklifini rad etdi. Shuningdek, Yuliya Navalnaya ham Jo Baydenning Kongressdagi chiqish taklifini rad etgan.
🔹 El-Kano fondi panamalik arxeologlari Ispaniyadan oldingi Janubiy va Markaziy Amerikani boshqargan noma’lum sardorning 1200 yillik qabrini topdi. Dafn qilingan joyda juda turli xazinalar bo‘lgan. Panama markazidagi Kokl provinsiyasi arxeologik bog‘ida topilgan qabr eramizning 700-yillari oxirida yashagan va taxminan 30 yoshida vafot etgan lord Koklga tegishli deyilmoqda ma’lumotda.