Dunyoda oziq-ovqat mustaqilligiga ega 50 ta davlat bor

Quyidagi infografikada oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini-o‘zi to‘liq ta’minlovchi ana shu 50 ta davlatlar reytingi keltirilgan.

Asosiy ma’lumotlar 2025 yilning may oyida Nature Food ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotdan olingan.

Mutaxassislar milliy ishlab chiqarishdagi yettita asosiy - meva, sabzavot, dukkakli mahsulotlar, tarkibida kraxmal bo‘lgan oziq-ovqatlar, go‘sht, baliq va sut mahsulotlari bo‘yicha oziq-ovqat toifalarini solishtirib chiqdi. Toifalarning har biri bo‘yicha 100 ballga erishgan davlatlar oziq-ovqat mustaqilligiga ega deb hisoblanadi. Agar ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lsa, eksport salohiyatlari imkoni, past bo‘lsa import ehtiyojini bildiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha yetti oziq-ovqat guruhida mukammal ball to‘plagan yagona mamlakat Gayana davlatidir. Janubiy Amerika mamlakatining unumdor tekisliklarida mo‘l-ko‘l sholi, sabzi, lavlagi, sholg‘om kabi ildizmevali o‘simliklar yetishtiriladi. 900 ming aholining ehtiyojidan oshib ketadigan go‘sht va baliq mahsulotlarini daryo baliqchiligi va yilqichilik ta’minlab beradi.

Reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan Vetnam va Xitoy mos ravishda o‘z aholisini oltita oziq-ovqat guruhi bilan ta’minlashga qodir. Qirg‘iz Respublikasi 8, O‘zbekiston 9 qatorda, Qozog‘iston esa 17 o‘rindan joy olgan. Rossiya 19-o‘rinni egallaydi, chunki davlatda mevaga bo‘lgan ichki ehtiyoj atigi 33 foizga qondiriladi. Umuman olganda, bu meva va sabzavotlar bo‘yicha o‘zini o‘zi ta’minlash bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan barcha Yevropa mamlakatlari uchun xosdir. Osiyo mamlakatlarida sut mahsulotlari yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar mavjud.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.