Dunyodagi eng keksa odam aniqlandi
Yaponiyalik Tomiko Itooka vafotidan so‘ng (2024 yil, 29 dekabr) “Ginnesning rekordlar kitobi” braziliyalik Inax Kanabarro Lukasni sayyoradagi eng keksa odam deb e’lon qildi.
Avvalroq mashhur kitob 116 yoshu 220 kun umr ko‘rgan yaponiyalik ayolning vafot etgani haqida xabar bergan edi. Yer yuzidagi eng keksa odam unvoni endi Braziliyalik rohibaga tegdi.
Dunyodagi eng keksa rohiba hisoblanadigan Inax1908 yil 8 iyunda Braziliyaning San-Fransisko-de-Asis shahrida Xuan Antonio Lukas va Mariana Kanabarro oilasida tug‘ilgan. U bolaligida shu qadar ozg‘in bo‘lganki, ko‘pchilik uni yashab ketishiga ishonmagan”, deyiladi “Ginnesning rekordlar kitobi” matbuot xizmatida.
Dindor ayol Braziliyaning "Inter" futbol klubining ashaddiy muxlisi, o‘z o‘rnida jamoa uni tarixdagi eng keksa muxlis sifatida hurmat qilib keladi.
Dunyodagi eng keksa odamlar ro‘yxati:
Bugungi kunda faqat uch kishi 115 yosh ostonasini bosib o‘tdi. Ehtimol, dunyoda boshqa uzoq umrguzaronlik qilayotgan kishilar ham bordir, lekin ular buni hujjatlarda tasdiqlaganicha yo‘q.
1. Inax Kanabarro Lukas (Braziliya, 116 yil 220 kun)
2. Etel Keyterem (Buyuk Britaniya, 115 yil, 146 kun)
3. Akagi Xayashi (Yaponiya, 115 yil 134 kun)
Ko‘rib turganimizdek, ro‘yxatdagi eng keksa odamlarning uchalasi ham ayollar. Braziliyalik Juan Marino bugungi kunda dunyodagi eng keksa erkak kishi bo‘lib qolmoqda (112 yil, 101 kun).
Ta’kidlash kerakki, braziliyalik Inax Kanabarro Lukas tarixdagi eng keksa odamlar reytingida 20-o‘rinni egallab turibdi. Keyterem va Xayashi 52 va 53-o‘rinlarda.
Hujjatlar bilan rasman tasdiqlangan dunyodagi eng uzoq yashagan odam fransiyalik Jan Kalmanbo‘lib qolmoqda. U 122 yil 164 kun yashab, 1997 yilning avgust oyida vafot etgan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.