Dunyodagi eng qimmat hayvonlar

Hech bir tarixchi birinchi uy hayvonlari qachon paydo bo‘lganligi haqidagi savolga javob bera olmaydi va aksariyat odamlar mushuklar va itlar doim ham odamlar yonida yashab kelganiga amin. Agar qadimdan uy mushuk yoki it kabi uy hayvonlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri vazifasi sichqon ovlash yoki uyni qo‘riqlash bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu uy hayvonlariga deyarli bunday talablar qo‘yilmaydi.

Albatta, har bir uy jonivor ishqibozi hayvonlarning qaysi biri “obro‘li” ekanligi bilan qiziqadi. Ular qanchalik qimmat? Ularning barchasi ekzotikmi yoki “nufuzli” hayvonlar orasida oddiylari ham bormi?

Oq arslon bolalari – bittasi 138 000 dollar
Zoolog-olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yovvoyi tabiatda uch yuzga yaqin bunday hayvon bor. Ular Afrikaning Timbavati mintaqasida yashaydi. Lekin oq sherni bu yerda oxirgi marta 1994 yilda ko‘rishgan. Bu esa ularni “shartli ravishda qirilib ketgan” turlarga kiritish mumkin, degan taxminni keltirib chiqaradi.

Oq sher asirlikda o‘zini juda yaxshi his qiladi. Ular ko‘plab sirk va hayvonot bog‘larida bor. Arslon bolasini 138 ming dollarga sotib olish mumkin. Lekin har qaysi mamlakatda ham bunday hayvonlarning uy sharotida saqlash qonuniy bo‘lmaydi.

Tibet mastifi: 1 900 000 dollar
Har bir sakbon Tibet mastifi juda qimmat turishini biladi. Lekin bu hayvonlar bahosi qanchalik yuqori bo‘lishi mumkinligini hamma ham tushunmasa kerak.

2014 yilda bu naslli kuchuk bolasi xitoylik tadbirkorga 1 million 900 ming dollarga sotilgan. Albatta, Tibet bilan chegaradosh hududlarda bu itlar qadimdan o‘z egasining boyligi, qudrati va ma’naviylik ramzi bo‘lib kelgan. Ammo O‘rta asrlarda ularni ko‘paytirish bilan shug‘ullangan rohiblar bu “avlod vakillari” uchun juda ko‘p pul to‘lashlarini o‘ylab ham ko‘rishmagan bo‘lsa kerak.

Kakadu palma to‘tiqushi - bittasiga 16 000 dollar
Bitta to‘tiqush qancha turishi mumkin? Biz zoodo‘konlar qafaslaridagi jingalak to‘tiqushlarning kamtarona narxlarini ko‘rishga odatlanib qolganmiz. Tropik boyo‘g‘li yoki ko‘k Ara to‘tiqushining qimmat bahosi ko‘pchilikni hayratda qoldiradi. Biroq, bu qushlar hech qachon palma to‘tiqushi bilan tenglasha olmaydi.

Avstraliyalik qizil yonoqli, jizzaki, hurpaygan po‘pakchali kul-qora rangli to‘tiqush 16 ming dollarga tushadi. Afrikalik hamkasblaridan farqli o‘laroq, palma kakadusi xushmuomala va zehni o‘tkir bo‘lsa-da, ular itoatkor tabiati bilan maqtana olishmaydi.

Botqoq maymuni yoki kaputsin – 10 000 dollar
Botqoq maymunlari uy hayvoni sifatida Yevropa uylarida XIX asrda paydo bo‘lgan. O‘sha paytda hind maymunlari asosan Britaniyada saqlangan bo‘lsa-da, ingliz va fransuz zodagonlari bu mavjudotlar jozibasiga qarshi tura olishmadi.

Botqoq maymunlari haqiqiy sheriklardir. Ular o‘ynoqi, yumshoq va xushfe’l xususiyatli, ko‘rinishi esa juda ajablanarli. Yagona kamchiligi – ular asirlikda uzoq yashamaydi. Maymunlarning o‘rtacha narxi 10 ming dollarni tashkil qiladi. Bu yerda albatta, barcha kerakli hujjatlarga ega qonuniy ravishda sotiladigan yevropaliklarga tanish turlar haqida so‘z boryapti.

Kiyik-qo‘ng‘iz – 89 000 dollar

O‘zingizga qo‘ng‘iz sotib olgan bo‘larmidingiz? G‘alati tuyulsa-da, ko‘pgina odamlar bu qo‘ng‘izlarni uy hayvonlari sifatida o‘z uylarida yurishini ma’qul ko‘rishadi. Seleksionerlar ularni yetishtirish uchun ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda, natijada ular juda muvaffaqiyatli sotiladi.
Ushbu uy hayvonlarining eng qimmati 2 dyuym (5,8 santimetr) kattalikdagi kiyik-qo‘ng‘izdir. Bu qo‘ng‘izlarning kimoshdi savdosidagi o‘rtacha bahosi 89 ming dollarga yetadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.