Dunyoning eng ko‘p milliarderlari Xitoyda yashaydi

Ha, shunday. Ayni paytga kelib eng ko‘p milliarderlar istiqomat qiluvchi mamlakat Xitoy hisoblanadi. Negaki, keyingi bir yil ichida bu yerda 10 milliard dollardan ko‘p sarmoyaga ega odamlar AQShga qaraganda uch baravarga oshgan.

Bu haqda Xitoyning “Hurun” tadqiqot kompaniyasi hisobotida ma’lum qilindi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yilning 31 yanvar holatiga ko‘ra Xitoyda, shu jumladan, Gonkong hamda Tayvanda milliarderlar soni yil davomida 182 taga ko‘paygan holda 799 taga yetgan. AQShda esa milliarderlar soni 626 kishini tashkil etmoqda. Yil davomida ular soni 59 taga ko‘paygan.

“Hurun” kompaniyasi raisi va bosh tahlilchisi Rupert Xugeverfning aytishicha, hozir Xitoyda milliarderlar soni AQSh va Hindistondagi milliarderlarni qo‘shib hisoblaganda ham ko‘proq.