DXA viloyat boshqarmasi: O‘qituvchilar - hayotimiz charog‘boni

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Bular, hayotimiz charog‘boni bo‘lgan o‘qituvchilardir. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan.
Xalqimizda "Ustoz - otangdek ulug‘", degan so‘z bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi.
Shuning uchun ham sizlardan ta’lim va tarbiya olgan, o‘zini oldingizda umrbod qarzdor deb his etadigan barcha insonlar nomidan sizlarga har qancha minnatdorlik bildirsak shuncha oz. Hayot bor ekan, o‘qituvchilik kasbi o‘zining ma’no-mazmuni va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo‘qotmaydi.
Aziz ustoz va murabbiylar, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar nomidan sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Maqsud QURBONOV,
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i.