DXX telegram orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ikki yigitning faoliyatiga chek qo‘ydi
2018 yil jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 244 prim 1 moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan qo‘qonlik 23 yoshli T.A.ga insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Lekin u bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, telegramda diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar rahnamolarining jihodga, shahidlikka chorlovchi audio-video ma’ruzalarini tinglab, tomosha qiladi. Oqibatda u Suriya davlatidagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirdi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida uning qabih rejasiga chek qo‘yildi. Bundan tashqari, Qo‘qon shahrida yashovchi 21 yoshli T.I. ota-onasining ogohlantirishlariga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qoladi.
U telegramda guruh ochib, ekstremistik oqimlar rahnamolarining ma’ruzalarini hamda “Turkiston islom harakati”, “Katibatul Tavhid va Jihod” kabi terroristik tashkilotlar tomonidan tayyorlangan, jihodga chorlovchi materiallarni joylashtirib, o‘z guruhi a’zolari sonini 45 nafarga yetkazdi.
DXX xodimlarining sa’y-harakati bilan uning ham noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.
Endi har ikki shaxs ham qonun oldida javob beradi.