E’tiborga loyiq avlod

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda xalqimizning Buyuk Yo‘lboshchisi nomi bilan ataluvchi davlat stipendiyasining 6 nafar samarqandlik sohibi ishtirok etdi. Stipendiatlar ulug‘ siymo qabriga gullar qo‘ydi. 
Shundan so‘ng ular Islom Karimov ta’lim olgan Samarqand shahridagi 21-umumta’lim maktabiga bordilar.
– Bugun Birinchi Prezidentimiz ta’lim olgan maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashdik, – deydi Samarqand davlat universiteti talabasi, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Humoyun Avezov. – Maktabning 6-sinf o‘quvchisi Suhrob Iskandarovning "Aqlli gultuvak" hamda telefon apparatlarini quvvatlantirishga moslashtirilgan qurilmasi bilan tanishdik. Suhbatimiz davomida maktabda iqtidorli o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil etishiga amin bo‘ldik. Mamlakatimiz mustaqilligining asoschisi o‘qigan maskanda bugun ham yuksak bilim va iqtidor sohiblari ta’lim olayotgani bizni quvontirdi.
Tadbir ishtirokchilari maktab tarixi muzeyida Islom Karimovning o‘quvchilik chog‘lari, erishgan yutuqlari haqidagi manbalar bilan tanishdi.