Ekologlar: chiqindilar va zaharli gazlar bizni ham chetlab o‘tmagan

1972 yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit muammolariga bag‘ishlangan anjumanidan so‘ng 5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni, deb e’lon qilingan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatori respublikamizda ham ushbu sana keng nishonlanib kelinadi.
Dunyo bo‘ylab global muammoga aylangan ekologiya va atrof-muhitni turli xil chiqindilar va zaharli gazlar bilan zararlanish holatlari bizni ham chetlab o‘tmagan. Shu bois, Samarqand davlat universitetida 5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan “Zarafshon vodiysi ekologik muammolari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda SamDU professor-o‘qituvchilari, talabalar, viloyat ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Unda yurtimizdagi ekologik holat va uni asrab-avaylash borasida fikrlar bildirdi.
Bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tkazilgan seminar davomida talaba-yoshlar savollariga soha mutasaddilari atroflicha javob berdi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi axborot xizmati.