Ertadan Oqdaryo va Toyloq tumanlarida yangi elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlanadi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab bosqichma-bosqich elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ertaga, 9 oktyabrdan boshlab Janubiy Koreyaning “KT Sorporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining Oqdaryo va Toyloq tumanlari iste’molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlanadi.
Jumladan, Oqdaryo tumanida 35 147 ta, Toyloq tumanida 39 238 ta hisoblagich o‘rnatilishi belgilangan. Hozirda mamlakatimizning 61 ta shahar hamda tumanlarida 1,7 milliondan ziyod elektr hisoblagichlar o‘rnatildi.
Hozirda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Samarqand, Urgut, Past Darg‘om, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Bulung‘ur, Jomboy, Paxtachi, Payariq hamda Qo‘shrabot tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. 2020 yil yakuniga qadar viloyatning barcha tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar to‘liq o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan bepul o‘rnatilmoqda.
Hurmatli iste’molchilar, hisoblagichlar o‘rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta’magirlik holatlari kuzatilayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-202-50-55, 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali murojaat uchun:
Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin,
Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.