“Elektron retsept” tizimi joriy etiladi

“Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–140-son, 01.05.2023 y.) qabul qilindi
Qaror bilan 2023–2025 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- “Elektron retsept” (reimbursatsiya) tizimini joriy etish;
- Sanatoriylarga yo‘llanma olish, navbatni kuzatish va mavjud bo‘sh o‘rinlarni ko‘rish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish;
- Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron ro‘yxatini yuritishga mo‘ljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini joriy etish;
- Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish;
- Yagona portal orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’lumotnomalarini olish imkoniyatini yaratish.