Elektropoyezd 22 yoshli qizni urib yubordi
24 may kuni soat 13-30 larda Sirdaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, «Xovos-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yo‘lining 2 kilometri 6-piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi noma’lum ayol kishini urib yuborganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1999 yilda tug‘ilgan Xovos tumani Gulbahor mahallasida yashagan T.Sh. ekanligi hamda o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlangan.
Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.