Ellikdan ortiq korxona - 300 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni

Xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash borasida harbiy prokuratura organlari tomonidan bir necha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi bilan hamkorlikda Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham shular jumladan.

Unda viloyatimizdagi 50 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasalar 300 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.    

Jarayonda harbiy xizmatchilarning oila a’zolaridan 14 nafariga yo‘llanma berildi.

Shuningdek, bir paytda tashkil etilgan ommaviy qabul ham ishtirokchilar uchun ayni muddao bo‘ldi. Unda tegishli soha mutaxassislari jalb etilgan holda harbiy xizmatchilar, xodimlar va ularning oila a’zolari muammolari tinglandi.

Jami 19 ta murojaatdan 4 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 15 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.