E’lon. Hurmatli yo‘lovchilar!

Hurmatli yo‘lovchilar!

✈️“Samarqand xalqaro aeroporti” MChJ tashuvlarni tashkillashtirish xizmatining talab qilinmagan yuklar omborida saqlanib kelayotgan “Aeroflot”, “Uzbekistan Airways”, “S7 Airlines”, “Turkish Airlines”, “Nord wind”, “UTair” aviakompaniyalari orqali uchib kelgan yo‘lovchilarning talab qilinmagan yuklari 2021 yil 9 aprel sanasida utilizatsiya qilinishini ma’lum qilamiz.

Yuqoridagi aviaqatnovlar orqali “Samarqand xalqaro aeroporti”ga uchib kelgan va o‘z yuklarini olmagan yo‘lovchilardan aeroport ma’muriyatiga murojaat etishlarini so‘raymiz.

“Samarqand xalqaro aeroporti” MChJ ma’muriyati.