Xo‘jalar, Jobi, Ayg‘irbuloq... Jomboyda 28 ta qishloqqa nom berildi

Samarqand viloyatidagi ayrim nomsiz aholi punktlarini nomlash to‘g‘risida

 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining QARORI

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4 va 9-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 27 sentyabrdagi ekspertiza xulosasi hamda Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2022 yil 26 avgustdagi (13-13/288-son) yig‘ilish bayonnomasini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq yetmish oltinchi sessiyasi QAROR  QILADI:

1. Jomboy tumanidagi nomsiz aholi punktlarining nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi (Jabborov), viloyat statistika boshqarmasi (Abdiyev), Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (Quvondiqov), Jomboy tumani hokimi (Sobirov) mazkur qarorning ilovasida ko‘rsatilgan aholi punktlari nomlarini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.

3. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (Mamatov), Jomboy (Sobirov) tumani hokimligi nomlangan aholi punktlariga aholini ro‘yxatga qo‘yish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.

4. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (Quvondiqov), viloyat qurilish bosh boshqarmasi (Hamidov), Jomboy (Sobirov) tumani hokimligi birgalikda nomlangan aholi punktlariga belgilangan tartibda zamonaviy talablar asosida peshlavha va ko‘rsatkich belgilarining o‘rnatilishini ta’minlasin.

5. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” MChJ (A.Anvarov) mazkur qarorning “Zarafshon”, “Samarkandskiy vestnik”, “Ovozi Samarqand” gazetalarida chop etilishini hamda Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga o‘rnatilgan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin.

6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Jo‘raqulov) va viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) zimmasiga yuklansin.

7. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 Kengash raisi                          E. Turdimov

2022 yil 15 noyabr

***

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 15 noyabrdagi VI-76-216-7-0-K/22-sonli qaroriga ilova

Jomboy tumanidagi nom berilayotgan aholi punktlari ro‘yxati

T/r

Geografik ob’yektning joylashgan o‘rni

(MFY)

Nom berilayotgan aholi punkti

Respublika ekspertiza komissiyasi xulosasi

       1.             

Sarichashma

Sarichashma-1

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

       2.             

To‘qqizboy

Baqalchoq

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

       3.             

Qo‘lbosti

Xo‘jalar

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

       4.             

Qang‘li

Qang‘li

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

       5.             

Dehqonobod

Jobi

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

       6.             

Beshbola

Xonqishloq

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

       7.             

Olmazor

Uyuruvchi

 

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

       8.             

Olmazor

Nayman

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

       9.             

Olmazor

Olmazor

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   10.             

Qo‘rg‘onsalamon

Ayg‘irbuloq

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   11.             

Qo‘rg‘onsalamon

Dehqonobod

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   12.             

Shirinkent

Chorvador

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   13.             

Shirinkent

Qo‘riq

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   14.             

Qoramo‘yin

Mitan

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   15.             

Qoramo‘yin

Qoraki

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   16.             

Kattaqishloq

Shayman

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   17.             

Taldirazzoq

Mirza Qang‘li

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   18.             

G‘azira

G‘azira

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   19.             

G‘azira

G‘arovtepa

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   20.             

G‘azira

Navro‘ztepa

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   21.             

Nayman

Qoraariq

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   22.             

Nayman

Besho‘g‘il

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   23.             

Eski Jomboy

Jonxo‘roz

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   24.             

Eski Jomboy

Eski Jomboy

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   25.             

Eski Jomboy

Beshsaid

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   26.             

Ko‘kgumbaz

Pirdan

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   27.             

Ko‘kgumbaz

Yallama

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

   28.             

Ko‘kgumbaz

Chimqo‘rg‘on

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq