Endi o‘qishni ko‘chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi
- 07.06.2022 13:52
- 341
- Ta’lim
Bu haqda bugun bo‘layotgan Qonunchilik palatasining yalpi majlisida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ma’lum qildi.
Vazirning xabar berishicha, joriy yildan faqatgina 2 ta shart bilan o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi, ya’ni talaba yoki boshqa hududga turmushga chiqsa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsa. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
Shuningdek, o‘qishni ko‘chirishda vazir xati talab etiladi.
O‘qishni ko‘chirish o‘rniga akademik mobillikni qo‘llash tatbiq etiladi.
Vazirning aytishicha, joriy yilda 150 ming talaba o‘qishni ko‘chirish uchun ariza berishi kutilmoqda. Bu salkam bir yillik kvotalarga teng. Talabalar kirish birmuncha osonroq yo‘nalishlarni tanlab, 2-kursdan talab yuqoriroq yo‘nalishlarga ko‘chirib olishni reja qilmoqda. Endi bunga chek qo‘yiladi.