Endilikda Samarqandda shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari ochiq tanlov bilan ishga qabul qilinadi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Samarqand viloyati filiali tomonidan viloyatdagi 70 ta sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari va muassasalari rahbarlari hamda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari mas’ullari uchun ma’muriy-boshqaruv xodimlari, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari vakant lavozimlarini meritokratiya asosida ochiq tanlov bilan to‘ldirishning yangicha tizimi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida vakant lavozimlarni ochiq tanlov bilan to‘ldirishning huquqiy asoslari, tanlov jarayonlarini amalga oshirishning yangicha tizimi hamda hrm.argos.uz platformasi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi va amaliy misollar orqali tushuntirildi.

Endilikda vakant lavozimlarni e’lon qilishdan tortib, tanlov o‘tkazish va ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq yagona elektron platformada shakllantirilish va yuritilishi ma’lum qilindi.