Eng ko‘p kartoshka Samarqand viloyatida yetishtirilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 million 490,9 ming tonna kartoshka yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 foizga ko‘p.

Yetishtirilgan jami kartoshkaning 92,2 foizi dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar kesimida e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Samarqand 285,4 ming tonna, Surxondaryo 198,0 ming tonna va Farg‘ona viloyati 187,0 ming tonna kartoshka yetishtirish bilan yuqori o‘rinlarni band etgan.
Bu borada Sirdaryo 25,5 ming tonna, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 25,3 ming tonna va Jizzax viloyati 9,5 ming tonna bilan kartoshka yetishtirishda eng so‘nggi o‘rinda qayd etilgan.