Toyloqda donasi 2,2 kilogacha keladigan kartoshka hosili yig‘ib olinmoqda

Bunday hosil sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida (Toyloq tumanida joylashgan) kuzatildi.

Tajriba stansiyasi direktori Alisher Ismoilovning zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, stansiya dalalarida 2023 yil hosili uchun 11 gektar maydonga kartoshkaning “Bog‘izog‘on”, “Ranomi”, “Evolyushin”, “Arizona”, “Silvana” va “Lusinda” navlari ekib yetishtirilgan.

Jamoa tomonidan bahorgi va yozgi muddatlarda kartoshka yetishtirishning resurstejamkor, innovatsion usullari to‘g‘risidagi tavsiyanoma chiqarib, dehqon va fermar xo‘jaliklariga uzining yordamini berib kelmoqda. Bunungi kunda ITS dalalarida yetishtirilgan kartoshka hosili 50-52 tonnani hosil qilib kartoshka tuganak vazni 2-2,2 kilomragacha kelmoqda.