Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eng ko‘p sut Samarqand viloyatida yetishtirilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7 958,2 ming tonna sut yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 foizga ko‘p.
Xo‘jalik toifalari orasida sut yetishtirishning eng katta hajmi 7 537,6 ming tonna yoki umumiy sut yetishtirish hajmidan 94,7 foizi dehqon xo‘jaliklarida qayd etildi.
Sut yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori va eng kam ulushga ega bo‘lgan hududlar:
- eng yuqori - Samarqand viloyati – 12,3 %
- eng kam - Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2,9 %