“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovida ishtirok eting!
Samarqand viloyati hokimligi, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, viloyat madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo‘limi mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlab “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining ma’no-mazmuniga muvofiq yaratilgan, xalq bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimidagi islohotlar, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni hayotiy misollar orqali ochib beruvchi ijodiy asarlar qabul qilinadi.
Shuningdek, tanlovga qabul qilingan materiallarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz!” davlat dasturlarining ijrosi, mazmun-mohiyati va targ‘iboti aks etganiga alohida e’tibor qaratiladi.
“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlanadilar:
– bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining maqolalari – 3 ta o‘rin;
– televideniye va radio ijodkorlarining materiallari – 3 ta o‘rin;
– yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari – 3 ta o‘rin;
– internet nashrlar, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan dolzarb materiallar – 3 ta o‘rin;
– tasviriy san’at yo‘nalishi asarlari – 3 ta o‘rin;
– foto asarlar va dizayn ishlari – 3 ta o‘rin;
Shuningdek, har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan rag‘batlantiruvchi o‘rinlar ajratiladi.
Tanlovga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
– muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
– muallifning fuqarolik pasporti nusxasi;
– tanlovga tavsiyanoma (ish joyi, mehnat jamoasi, ustozlari nomidan);
– muallif manzili va bog‘lanish telefonlari.
Tanlovga 2018 yilning 1 avgustidan 2019 yilning 1 avgustigacha bo‘lgan davrda rasman chop etilgan adabiy-badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy san’at ishlari va foto asarlar joriy yilning 5 avgustigacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida aniqlanib, 17 avgust kuni qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan mukofotlanadilar.
Ijodiy ishlar quyidagi manzilda qabul qilinmoqda:
Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 80-uy, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi.
Telefonlar: 235-28-36; 235-28-40.
TAShKILIY QO‘MITA.