Er homilador turmush o‘rtog‘ini yoqib yubordi

Joriy yilning 31 yanvar kuni soat 13.00 larda Jizzax shahar, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy liftida fuqaro S.X. ayolining homiladorligini bilgani holda, o‘zi bilan olib kelgan benzin yonilg‘isini turmush o‘rtog‘ining ustiga sepib, o‘ta shafqatsizlarcha, qasddan yoqib yuborgan.

Holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u turmush o‘rtog‘i M.U.ning boshqa erkaklar bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lganligini gumon qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.