Er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Xorazm viloyatida er-xotinning is gazidan zaharlanib vafot etganlik holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 6 fevral kuni soat 04:10 larda Bog‘ot tumani, Sohibkor mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan G.Q. va uning turmush o‘rtog‘i, 1977 yilda tug‘ilgan E.B.lar yashash uyining yuvinish xonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.