Erdo‘g‘an: “Armaniston Ozarbayjonning bosib olingan hududidan ketishi kerak”

Turkiya prezidenti Rejep Tayip Erdo‘g‘an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida, Armaniston Ozarbayjonning bosib olingan hududidan ketishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqida rambler.ru nashri xabar berdi.

Turkiya prezidenti ma’muriyati bergan ma’lumotga ko‘ra, Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashi va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) qarorlari, Armanistonni bosib olingan Ozarbayjon hududidan ketishga chaqirishini ma’lum qilgan.  Armaniston “zudlik bilan, to‘liq va so‘zsiz” bu ishni bajarishi shart.  

Bundan tashqari, uchrashuv chog‘ida Turkiya va NATO munosabatlari, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Suriya va Liviya masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Stoltenberg 5 oktyabr kuni Anqaraga tashrif buyurdi. U tomonlarni Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.