Turkiyaning chegara shahari Suriya tomondan o‘qqa tutildi
- 12.10.2021 11:51
- 68
- Xorij

Turkiya janubi-sharqidagi Gaziantep provinsiyasining Karkamish shahri Suriya tomonidan o‘qqa tutildi, qurbonlar yo‘q, deya xabar qildi mahalliy hukumat.
"Bugun Suriya tomonidan otilgan uch snaryad Karkamish provinsiyasida portladi. Qurbonlar yo‘q, moddiy zarar yetkazilgan. Tergov boshlandi. O‘q uzilishida PJD (Suriya Kurd Demokratik Ittifoqi partiyasi) javobgar deya taxmin qilinmoqda", deyiladi Gaziantep provinsiyasi ma’muriyati xabarida.
"Bizning armiyamizga qilingan hujum va terrorchilar (kurd tuzilmalari - tahr.)ning oxirgi harakati sabr kosamizni to‘ldirdi. Biz yaqin kelajakda Suriya shimolidan kelib chiqayotgan tahdidni o‘z kuchlarimiz bilan bartaraf etish uchun zarur choralarni ko‘ramiz», deya prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an so‘zlarini keltiradi "RIA Novosti».
O‘tgan hafta Turkiya rasmiylari terakt oqibatida askarlari halok bo‘lgani va yaralangani haqida xabar berishgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
“Mehr va tushunish: Oiladagi stressga qarshi kuchli dori”
- 50 daqiqa avval
- Jamiyat
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- 06/06, 18:19
- O'qing, qiziq!
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- 05/06, 22:28
- Samarqand