Erdo‘g‘an: Avvaliga erkinlik timsoli deb aytilgan ijtimoiy tarmoqlar demokratiyaga tahdid soluvchi asosiy manbalardan biriga aylandi

“Ijtimoiy tarmoqlarga qiziqish ortishi bilan yolg‘on va dezinformatsiyalar oqimi ko‘payib bormoqda. Xavfsizlikka global tahdid miqyosiga yetgan bu muammo chegaradan oshib ketdi”, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi axborot texnologiyalari konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya rasmiylari to‘g‘ri va xolis ma’lumot olish huquqini buzmagan holda fuqarolarni, ayniqsa, jamiyatning zaif qatlamlarini yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlardan himoya qilishga harakat qilmoqda.

“Virtual fashizm ko‘rinishlarining kuchayishi va yolg‘on ma’lumotlar oqimi fonida Turkiya kabi demokratik rivojlangan davlatlar hushyor bo‘lishlari kerak”, deya qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.

Turkiya yaqinda dunyodagi birinchi lazer qurolli dronni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum bo‘ldi, deb yozadi «Gazeta.ru»

Qayd etilishicha, dron 100, 300 va 500 metr masofadan nishonga o‘q uzgan.

Eren droni Turkiya Xavfsizlik bosh boshqarmasining kriminalistika boshqarmasi koordinatsiyasida TÜBİTAK va ASİSGUARD mudofaa kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan.

“Qurilma lazer qurollari yordamida portlovchi qurilmalarni sapyorlar ishtirokisiz yo‘q qilishga mo‘ljallangan”, deya tushuntirdi Turkiya politsiyasi komissari yordamchisi Aykut Eroglu.

Sinovlar yakunlangach, dron turk armiyasiga topshiriladi.