Erdo‘g‘an Putinga Qorabog‘dagi kelishuvda hamkorlikni taklif etdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, Rossiya rahbarini Qorabog‘ inqirozini hal qilish uchun hamkorlikka chaqirdi. Bu haqda 28 oktyabr kuni RIA Novosti nashri xabar berdi.

“Biz Putin bilan Qorabog‘ voqealarini muhokama qildik. Kavkazga keling, bu masalani hal qiling, agar xohlasangiz birgalikda hal qilamiz dedik. Siz o‘z hamkorlaringiz bilan, biz o‘z hamkorlarimiz bilan suhbat quraylik. Bizning TIV rahbarlari va boshqalar ham suhbatlashsin. Keling, bu janjalni to‘xtataylik. Biz samimiymiz. Ishonamanki, siz ham samimiysiz”, dedi Erdo‘g‘an hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi fraksiyasi oldida qilgan chiqishi chog‘ida.

“Aytishmoqdaki, biz Yaqin Sharqdan Ozarbayjonga xorijiy jangarilarni yuborayotgan ekanmiz. Men Putinga janobi oliylariga ayni vaqtda ikki mingga yaqin Kurdiston ishchi partiyasi a’zosi Armaniston tomonida jang qilmoqda. Ularga 600 AQSh dollari haq to‘lanmoqda, dedim. U bundan xabari yo‘qligini aytdi. Men ham unga xuddi shunday javob qaytardim”, deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.