Yerga asteroid yaqinlashmoqda

2018 VP1 asteroidining Yerga yaqin kelishi 2 noyabrga, ya’ni AQShda o‘tadigan prezident saylovi arafasiga to‘g‘ri kelmoqda, deb xabar qiladi NASA bo‘limlaridan birining saytida.

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu samo jismi shu kuni Yerdan 384 ming kilometr masofada uchib o‘tadi.

NASAning aniqlik kiritishicha, asteroidning sayyoramiz atmosferasiga kirish ehtimoli 240 ga bir yoki 0,41 foiz deyilmoqda.

Asteroid 2018 yil 3 noyabrda kashf qilingan. U «Apollonlar» guruhiga mansub bo‘lib, bunday asteroidlar yo‘nalishi Yer orbitasi bilan kesishadi.