Erkak birga yashab kelayotgan ayolning farzandini uyning 4-qavatidan tashlab yubordi

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Toshkentda qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etilganligi yuzasidan bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil 20 dekabr kuni soat 01:30 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida fuqaro V.K. (1978 yilda tug‘ilgan, sudlangan) birga yashab kelayotgan ayol M.K. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashib, jahl qilgan holda ayolning voyaga yetmagan farzandini uyning 4-qavatidan yerga tashlab yuborgan.

Oqibatda voyaga yetmagan qiz vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 23 dekabrda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

V.K. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.