Erkinjon Turdimov – Instagramda o‘z sahifasini ochdi
Ijtimoiy tarmoqlarda faolligi bilan ajralib turadigan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov instagram tarmog‘ida ham o‘z sahifasini ochdi.
Instagramda ham E.Turdimovni yaxshi bilishar ekan – sahifa ochilganining dastlabki soatlarida unga a’zo o‘quvchilar 800 nafardan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati hokimi shu paytgacha facebook, twitter, youtube tarmoqlaridagi sahifalari va telegram messendjeridagi axborot kanali, veb-sayti orqali internet foydalanuvchilari orasida ancha tanilib qolgan. Hozirda uning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga a’zolar soni 16 mingdan, Telegram axborot kanali a’zolari esa 13 mingdan ortiqni tashkil etadi.