Erkinjon Turdimov Sankt-Peterburg shahri gubernatori bilan uchrashdi
Sankt-Peterburg shahrida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov shahar gubernatori Aleksandr Beglov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Muzokaralar natijasida ko‘plab sohalarda, xususan, madaniyat va san’at, kadrlar tayyorlash va almashinuvini tashkil etish, farmatsevtika, elektrotexnika, metallurgiya va AKT sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida joriy yilning 28 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining shimoliy poytaxtida o‘tkaziladigan «Aliye parusa» (Alie parusa) tadbirida viloyatimizning 15 nafar a’lochi maktab bitiruvchilari ishtirok etishi ma’lum qilindi.
Yakunda Sankt-Peterburg shahri va Samarqand viloyati o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha alohida ishchi guruh tuzilishi hamda ikkala hududda biznes forumlar o‘tkazilishi belgilandi.