Eron yadroviy qurol yaratish rejasidan voz kechishi mumkinligiga ishora qilmoqda. Tramp Maskga muhtoj emasligini tan oldi

🔹 Xitoy AQShning bir tomonlama qo‘rqitish va majburlash siyosatiga javoban Jahon savdo tashkiloti (JST)ga shikoyat qildi. "Qo‘shma Shtatlar tomonidan tarif choralari bir tomonlama zo‘ravonlik va majburlashning odatiy ko‘rinishi bo‘lib, bu JST qoidalarini va qoidalarga asoslangan ko‘p tomonlama savdo tizimi va xalqaro iqtisodiy va savdo tartibini buzadi", deyiladi Xitoy savdo agentligi sharhida. Eslatib o‘tamiz, kecha va bugun AQSh va Xitoy tovarlarga bojlarini 145 foizga oshirgan. Xitoy AQShga bojlarni 125 foizga oshirish orqali javob berdi va Si Szinpin Yevropa Ittifoqini Trampning harakatlariga qarshi birlashishga chaqirdi.

🔹 Agar Vashington faqat bitta talab bilan cheklansa, Tehron yadroviy qurol dasturidan voz kechsa, AQSh va eron Ummon muzokaralarida tezda kelishuvga erishishi mumkin. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Majid Taxt-Ravanchi ma’lum qildi.

🔹 Amerika yetakchisi Donald Tramp amerikalik tadbirkor Ilon Mask faoliyatiga izoh berdi. "Menga Ilon yoqqanidan boshqa hech narsa uchun kerak emas", dedi Tramp. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Mask hukumat samaradorligi departamenti rahbari sifatida katta ishlarni amalga oshirganini aytdi.

🔹 Isroil harbiylari quruqlikdagi amaliyoti kengayishi munosabati bilan G‘azoning sharqiy hududlari aholisidan zudlik bilan uylarini tark etishni talab qilgan. Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarni davom ettirib, qator zarbalar berib, yanvar oyida o‘rnatilgan sulhni buzgan edi.

🔹 Tehron AQSh bilan bo‘lajak muzokaralarga vazminlik bilan javob qaytardi va Vashingtonning dushmanona ritorikaga qaramay, diplomatiyaga imkoniyat berayotganini ta’kidladi. Eron tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Ismoil Bag‘iyning ta’kidlashicha, Islom Respublikasi muloqot imkoniyatini jiddiy qabul qiladi, ammo ehtiyotkorligicha qolmoqda: "To‘liq jiddiylik va aniq ehtiyotkorlik bilan biz diplomatiyaga haqiqiy imkoniyat beramiz. AQSh o‘z tomonida hukmron bo‘lgan agressiv ritorikaga qaramay, bu qarorni qadrlashi kerak". AQSh va Eron o‘rtasidagi maslahatlashuvlar birinchi raundi ertaga, 12 aprel kuni Ummonda bo‘lib o‘tadi.

🔹 Tramp, Pentagon rahbari "dunyodagi birinchi oltinchi avlod qiruvchisi" F-47 ni ovoza qildi.  “F-47 hozirgacha yaratilgan eng ilg‘or, eng qobiliyatli va eng halokatli samolyot bo‘ladi. Samolyotning eksperimental versiyasi qariyb besh yil davomida yashirincha uchib kelmoqda va biz uning boshqa har qanday davlat imkoniyatlaridan ancha ustun ekanligiga ishonchimiz komil”, dedi AQSh prezidenti.

🔹 Myanmada yana 5,0 magnitudali zilzila qayd etildi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.

🔹 Qirg‘izistonda Issiqko‘l viloyatining Baliqchi shahridan ketayotgan Evropadan kelgan sayyohlar bo‘lgan poyezd noma’lum shaxslar tomonidan toshbo‘ron qilingan. Voqea yuzasidan barcha holatlarni aniqlash maqsadida zarur tergov-tezkor tadbirlari olib borilmoqda. Avvalroq Qirg‘iziston temir yo‘li Bishkekka Yevropadan kelgan sayyohlar bilan bu yil birinchi sayyohlik poyezdi kelgani haqida xabar berilgan edi. Yo‘nalish O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonni qamrab oladi. Poyezd 11 ta vagondan iborat bo‘lib, sayohatchilarning umumiy soni 80 kishidan oshadi.

G.Xoldorova tayyorladi.