Ertadan hashar boshlanadi, ezgu ishdan chetda qolmang!

Ertaga, 16 martdan boshlab, 17-18 mart kunlari ham yurtimizda "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi viloyatimiz ahlini ayni xayrli tadbirda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Ma’lumotga ko‘ra, tadbirga barcha mahallalardan tashabbuskor tadbirkorlar, homiylar, boy hayotiy tajribaga ega nuroniy hamda ijtimoiy faol fuqarolar jalb etiladi.

Hashar doirasida “Mahallamga 10 tup daraxt – mening tuhfam” shiori ostida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkaziladi.

Barcha samarqandlik va viloyatimiz mehmonlarini hasharga chorlab qolamiz.