Ertadan Samarqandda ob-havo harorati keskin pasayadi
"O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18-19 oktyabrda qolgan hududlarga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Havo harorati 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.
18-19 oktyabrda havo harorati kechalari +3 +8 daraja iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0 -2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari +15 +20 darajagacha asta-sekin pasayadi.
Shu kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
Samarqand viloyatida ham ertadan harorat ancha pasayadi. Kechasi +3 +5, kunduzi +17 +19 daraja iliq bo‘ladi.