Ertaga Samarqandda qor yog‘ishi mumkin

Samarqandgidromet 24 fevral kuni O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Viloyat hududida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.