Yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi taksi haydovchisini haqoratlagan shaxs jazolandi

2020 yil 19 aprel kuni soat 13:50 larda huqubuzar I.M. oziq-ovkat yetkazib berish xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, oziq-ovqat olib kelishga buyurtma bergan. Birozdan so‘ng haydovchi Akmal buyurtmani manziliga yetkazib kelgan vaqtda huquqbuzar I.M. haydovchiga minnatdorchilik bildirish o‘rniga, buyurtmani bir necha daqiqaga kech olib kelganligini vaj qilib, arzimagan sabab Akmalni jamoat joyida haqorat qilib, atrofdagilarning e’tiborini tortgan. Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholining keng muhokamalariga ham sabab bo‘ldi.

Sudda I.M. qilmishini tushunib yetib, jabrlanuvchidan uzr so‘radi, pushaymonligini bildirdi. Biroq Akmal uni kechirmadi.

Samarqand shahar sudining qarori bilan huquqbuzar I.M.ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Orif PARDAYeV,Samarqand shahar ma’muriy sudi raisi.