Yevropa Ittifoqi Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishini tasdiqladi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi joriy etiladigan sanksiyalar to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu ma’lumotni YeIning tashqi va xavfsizlik siyosati masalalari bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel tasdiqladi. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar berdi.
Yaqin kunlarda ittifoqning texnik bo‘linmalari jarayonni yakunlashni boshlaydilar. Borrel aynan qanday qaror qabul qilinganiga oydinlik kiritmadi, biroq yig‘ilishning barcha ishtirokchilari uni ma’qullaganini ta’kidladi.
“Biz Rossiyadagi fuqarolik jamiyati, huquq himoyachilariga beriladigan yordamni kuchaytirishimiz, xalqlarimiz o‘rtasida ko‘priklar qurishda davom etishimiz kerak”, dedi YeI vakili.
Shuningdek, u sanksiyalar Bryussel va Moskva o‘rtasidagi hamkorlikka ta’sir etmasligi kerakligini ta’kidladi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, bu Tog‘li Qorabog‘ muammosini hal etishga to‘sqinlik qilmasligi zarur.