Yevropa ittifoqi Belarusga qarshi sanksiyalar joriy etadi

Belarusdagi vaziyat tufayli Yevropa ittifoqi bir necha o‘nlab shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etadi, biroq mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmadi. Bu haqda 2 oktyabr kuni Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ma’lum qildi.  

“Ertaga yozma shaklda biz Belarusga qarshi sanksiyalarni joriy etamiz. Ushbu ro‘yxatdan taxminan 40 kishi o‘rin egallaganini bilasiz”, - dedi Mishel YeI davlatlari rahbarlarining birinchi kungi sammiti yakunidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.  

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Aleksandr Lukashenkoga nisbatan sanksiyalar joriy etilmaganiga, bunday qaror “muzokaralar o‘tkazilishini rad etishni” anglatishini ta’kidlab, aniqlik kiritdi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa kengashi YeXHT (Yevropa xavfsizligi va hamkorligi tashkiloti) orqali Lukashenkoni “ishonchni tiklash bo‘yicha choralar ko‘rish, siyosiy mahbuslarni, ayniqsa prezidentlikka sobiq nomzodlarni ozod qilish” masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga chaqirmoqda.     

Yevropa ittifoqi tomonidan joriy etilgan sanksiyalarga javoban Minsk ham javob sanksiyalarini joriy etdi. Bu haqida Belarus TIV saytida xabar berildi.  

Biroq “O‘rnatilgan sivilizatsiyali diplomatik amaliyotga muvofiq biz uni nashr qilmaymiz”, - deyilgan saytda.  

Shu bilan birga xabarda, ro‘yxat Belarus o‘z ichiga olgan integratsiyali birlashmalar doirasida amal qilishi qayd etilgan.  

Bundan tashqari, Minsk Yevropa ittifoqidagi diplomatik ishtirok darajasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi alohida ta’kidlangan.

Bekzod Musurmonov tayyorladi.