Yevropa Ittifoqi Rossiyadan ko‘mir yetkazib berishga embargoni ma’qulladi
Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat vakillari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban sanksiyalarning beshinchi bosqichi doirasida Rossiyadan ko‘mir yetkazishga embargo joriy etishga va Yevropa Ittifoqi portlarini Rossiya kemalari uchun yopishni ma’qulladi.
Bu haqda YeI Kengashi xabar berdi. Shuningdek, u Rossiyaga qurol eksport qilishni taqiqlaydi. Cheklovlar Rossiya yuk tashish, ayrim rus tovarlari, xususan, yuqori texnologiyali tovarlar importiga ta’sir qiladi va bir qator Rossiya bank aktivlari muzlatiladi. Sanksiya ro‘yxatiga tadbirkorlar, jurnalist va harbiylar kiritilgan.
Avvalroq Yevroparlament Rossiyadan gaz, neft va ko‘mir importiga embargo joriy etishga chaqirgan edi. Yevroparlament rezolyusiyalari Yevropa Ittifoqi ijroiya instansiyalar uchun majburiy emas. Yevroparlament deputatlari Yevropa Ittifoqi Kengashidan davomli Rossiya agressiyasi kuchayishiga javoban keyingi qattiq sanksiyalarni qabul qilishga chaqirdi, deyiladi hujjatda.