Yevropa samolyotlari Ukraina uzra parvozini to‘xtatishi kutilmoqda

Ukraina atrofidagi diplomatik sa’y-harakatlar hali ham o‘z samarasini bermayapti. Jo Bayden va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon suhbati tomonlar o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaganini ko‘rsatdi.

Har ikki tomon suhbatni “ishbilarmonlik, muvozanatli va mazmunli” deb atagan bo‘lsa-da, biroq yetakchilar o‘z pozitsiyalarida turibdi.

«To‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr almashish" deb nomlangan Tashqi ishlar idoralari rahbarlarining muloqoti ham hech qanday natija keltirmadi. Vashingtonning fikricha, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Moskva keskinlikni pasaytirishga tayyor ekaniga ishora qilmagan”. Rossiyalik vazir o‘z hamkasbiga “AQShning tashviqot kampaniyasi provokatsion maqsadlarni ko‘zlayotganini” aytdi.

Shu bilan birga, Kiyev diplomatlar oilalarini evakuatsiya qilayotgan va vatandoshlarini Ukrainani “zudlik bilan” tark etishga chaqirayotgan G‘arb hamkorlarining harakatlarini ochiqchasiga qoralamoqda. Ukraina yetakchisi hamkorlarga ingliz tilida murojaat qildi.

Vladimir Zelenskiy:

"Haqiqat shundaki, bizda turli boshqa ma’lumotlar bor. Endi bizning dushmanlarimizning eng yaxshi do‘sti mamlakatimizda vahimadir. Bu ma’lumotlar esa faqat vahima qo‘zg‘atadi, lekin bizga yordam bermaydi".

Shu bilan birga, shanba kuni shaxsiy uchrashuvdan bir necha kun o‘tib Putinga qo‘ng‘iroq qilgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidentining so‘zlarida “Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rish alomatlarini” ko‘rmadi: har holda, bu haqda G‘arb OAVlari Yelisey saroyidagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

14 fevral, dushanba kuni G‘arb sug‘urta kompaniyalar mamlakat hududidagi parvozlar uchun kafolatlarni bekor qilgani tufayli Ukraina uzra havo hududi yopilishi mumkin, deb yozadi “Strana.ua” bir nechta manbalarga tayanib.

Nashr suhbatdoshlaridan biri Britaniyaning eng yirik sug‘urta kompaniyalari jahondagi barcha samolyot egalariga Ukrainadagi samolyotlar uchun sug‘urta qoplashni to‘xtatilishi haqida xabar yuborganini aytdi.

Xususiy samolyot egalari bunday xabarnoma olganini tasdiqlashdi. Bu 48 soat ichida barcha samolyotlar Ukrainani tark etishi kerakligini anglatadi.