Zelenskiy G‘alaba kunini 9 maydan 8 mayga ko‘chirishni taklif qildi
- 08.05.2023 14:34
- 214
- Xorij
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina xalqining Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi unutilmasligini aytdi va Ukraina “anti-Gitler koalitsiyasi xalqlarining umumiy g‘alabasini o‘zlashtirishga” yo‘l qo‘ymasligiga va’da berdi.
Zelenskiy G‘alaba kunini nishonlashni 9 maydan 8 mayga ko‘chirishni taklif qildi. U Oliy Radaga qonun loyihasini taqdim etdi, unga ko‘ra, 8 may Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba va xotira kuni sifatida nishonlanadi.
Aynan shu kuni Yevropa mamlakatlari G‘alaba kunini nishonlaydi. Bundan tashqari, Zelenskiy Ukrainada 9 may Yevropa kuni – Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tinchlik va birlik xalqaro bayrami sifatida nishonlanadigan farmonni imzoladi.
Teglar:
Vladimir Zelenskiy
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Muqaddas maskanga munosabat qanday bo‘lishi kerak?
- 40 daqiqa avval
- Madaniyat
Vazir va hokim IT Park qurilishi bilan tanishdi
- Bugun, 14:49
- Jamiyat
“Meni dadam olib ketyapti...”
- Kecha, 23:14
- Ta’lim